hashtag #TASHRIF Joriy yilning 7-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Nukus shahridagi Qoraqalpoq Davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurb…
07.10.2025 18 viewshashtag #TASHRIF Joriy yilning 7-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Nukus shahridagi Qoraqalpoq Davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohat milliy qadriyatlarimizni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida tashkil etildi. Safar davomida litseyning tarix fani o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga muzeydagi tarixiy to‘plamlar, ilk nashr etilgan kitoblar, tarixiy shaxslarning portretlari, shuningdek, chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlar yetkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
