hashtag #Tashrif Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi ta’lim jarayonida boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 26…
27.11.2025 16 viewshashtag #Tashrif Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi ta’lim jarayonida boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 26-noyabr kuni litseyning bir guruh o‘quvchilari Nukus shahridagi Prezident maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilar Prezident maktabining ilg‘or ta’lim uslublari, zamonaviy laboratoriya va texnik jihozlari, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Prezident maktabining ingliz tili, informatika va fizika fanlaridan dars beruvchi chet ellik o‘qituvchilar bilan ham davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat to‘laligicha ingliz tilida olib borildi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif litsey o‘quvchilarida ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishni oshirish, ta’limga yangicha yondashuvlarni o‘rganishga xizmat qildi.
