hashtag #UCHRASHUV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi F-70-sonli farmoyishining talablarini ijrosini taminlash, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarning 34 yil…
25.12.2025 16 viewshashtag #UCHRASHUV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi F-70-sonli farmoyishining talablarini ijrosini taminlash, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarning 34 yilligi” hamda “Vatanparvarlik oyli”gi doirasida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 25-dekabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida so‘z ustasi istefodagi mayor Valijon Shamshiyev va xonanda Botirjon Asqarovlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbirda harbiy-akademik litsey o‘quvchilari hamda IIV Qoraqalpoq akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etishdi. So‘z ustasi o‘zining sahna ko‘rinishlari, xonanda o‘zining kuy qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
