hashtag #VATANPARVAR Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 17-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari O‘zbe…
18.10.2025 15 viewshashtag #VATANPARVAR Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 17-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markaziga tashrif buyurdi. Dastlab o‘quvchilar o‘quv markazida joylashgan kutubxona, yotoqxonalarni hamda saf maydonini ko‘zdan kechirdilar. Shundan so‘ng, markaz otxonasidagi otlarni tomosha qilib, ularda sayr qildilar. Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha ham musobaqa o‘tkazildi. Bunday tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik va harbiylarga nisbatan hurmat tuyg‘ularini shakllantirib, ularni jismonan va aqlan yetuk shaxslar bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.
