🠕

hashtag #viktorina 1-kurs o‘quvchilari orasida “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi” bo’yicha viktorina tashkillashtirdi. Istiqlol yillarida bu ulug‘ ajdodimizning xotirasi abadiylashti…

04.12.2024 20 views

hashtag #viktorina 1-kurs o‘quvchilari orasida “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi” bo’yicha viktorina tashkillashtirdi. Istiqlol yillarida bu ulug‘ ajdodimizning xotirasi abadiylashtirildi. Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda yozilgan. Ulug’ sarkardaga munosib vatanparvar o‘g‘lonlarni tarbiyalash maqsadida Toshkent, Farg‘ona, Nukus va Shahrisabz shaharlarida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi. O‘quvchilar orasida o’tkazilgan viktorina savollari darslikka asoslanib tashkil etildi. Viktorinada 3-o‘rin 102-guruh o‘quvchisi – Tolibjonov Yoqubjon (40 ball), 2-o‘rin 102-guruh o‘quvchisi – Umarov Gʻolib (50 ball), faxrli 1-o‘rinni 102-guruh o‘quvchisi – Vaisjonov Ogʻabek (60 ball) egalladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0