Viktorina
16.05.2026 21 views2026-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida «Rus tilining kelishiklari» (Падежи русского языка) mavzusida qiziqarli viktorina bo‘lib o‘tdi. Mazkur intellektual bellashuvda litseyning I bosqich o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashdilar. Viktorina davomida o‘quvchilar: Rus tili grammatikasi bo‘yicha bilimlarini namoyish etishdi. Tezkor savol-javob shartlarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Bellashuv yakunida yuqori natija ko‘rsatgan va faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar. Ushbu tadbir o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
