hashtag #Viktorina Joriy yilning 5-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda «Tarix» fan oyligi doirasida «To‘rtta rasm — bitta davlat» mavzusida ijtimoiy-gumanitar…
06.02.2026 18 viewshashtag #Viktorina Joriy yilning 5-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda «Tarix» fan oyligi doirasida «To‘rtta rasm — bitta davlat» mavzusida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi 102-guruh o‘quvchilariga tarix fani o‘qituvchisi R.Dauletmuratov tomonidan viktorina tashkil etildi. Viktorina davomida oʻquvchilarga fanga oid turli mavzularda savollar berilib, ishtirokchilar bilim qobiliyatlarini namoyon etdilar. Viktorina yakuniga ko’ra Abdullayev Hojiakbar va Odilov Sherozbek barcha savollarga toʻgʻri javob berib gʻolib deb topildi. O’tkazilgan bu viktorina o’quvchilarning «Tarix» fanidan olgan bilimlarini yanada mustahkamladi.
