🠕

hashtag #YANGI_YIL Yangi yil – yilning eng kutiladigan va sevimli bayramlaridan biri bo‘lib, u qalblarga yangi orzu-umidlar va cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bu bayram barcha uchun ko‘tarink…

27.12.2025 17 views

hashtag #YANGI_YIL Yangi yil – yilning eng kutiladigan va sevimli bayramlaridan biri bo‘lib, u qalblarga yangi orzu-umidlar va cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bu bayram barcha uchun ko‘tarinki kayfiyat manbai bo‘lib, har yili o‘zgacha shukuh bilan nishonlanadi. Joriy yilning 24-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Assalom Yangi yil” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni litsey direktori v.v.b. podpolkovnik U.E.Kadirov ochib berib, litsey o‘quvchilari va jamoasini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, harbiy-akademik litseyda “2026-yil Yangi yil” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Devoriy gazeta” tayyorlash tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan bayram tadbirida o‘quvchilar turli-xil yumoristik sahna ko‘rinishlari, qiziqarli shartlar bilan bir qatorda o‘z ijrolarida ajoyib qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari ommaviy raqsga taklif etildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0