hashtag #Yoshlar_bilan_muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maq…
23.01.2026 17 viewshashtag #Yoshlar_bilan_muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida yoshlar bilan muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi. ✅Tadbirda IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari, vazirlikka otaliqqa biriktirilgan yoshlar, shuningdek, huquq sohasida ta’lim olayotgan va kelajakda adliya sohasida ishlashga qiziqishi bor bo‘lgan 100 dan ortiq yoshlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov ochiq suhbat o‘tkazdi. ✅Shu bilan birga Inson huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish va inson sho‘balari sektorlari tomonidan vazirlik va bo‘limlarning vazifalari haqida keng tushunchalar berildi.
