🠕

hashtag #Yoshlar_kuni hashtag #Rahbar_va_yoshlar ️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida…

30.04.2026 23 views

hashtag #Yoshlar_kuni hashtag #Rahbar_va_yoshlar ️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i polkovnik B.Qutlimuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Prenov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Shuningdek, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari qatnashdi. Unda yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlari va kelajak rejalari muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish uchun javobgarlik mavjudligi yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0