🠕

hashtag #ZAKOVAT “25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan 2025-yil 21-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, IIV Qoraqalpoq akademik …

24.10.2025 20 views

hashtag #ZAKOVAT “25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan 2025-yil 21-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, IIV Qoraqalpoq akademik litseyi hamda Xojayli tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. O‘yinda qatnashchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob berish orqali jamoaviy hamkorlik, analitik fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Savollar nafaqat darslik mavzularini qamrab oldi, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga, qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan jamoalar: 🥇 Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi; 🥈 IIV Qoraqalpoq akademik litseyi jamoasi; 🥉 Xojayli tumani 18-sonli umumta’lim maktabi jamoasi. Ushbu tadbir g‘oliblari faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0