hashtag #ZAKOVAT Joriy yilning 30-yanvar sanasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida birinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Fizika fan oyligi” doirasida “Zakovat”…
31.01.2026 19 viewshashtag #ZAKOVAT Joriy yilning 30-yanvar sanasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida birinchi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Fizika fan oyligi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvda oʻquvchilar oʻz bilimi va zakovatini sinovdan oʻtkazishdi. O‘yin davomida o‘quvchilarga fizika fani mavzularidan savollar berilib, ishtirokchilar mantiq, jamoaviy bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 🥇1-o‘rinni – 102-guruh o‘quvchilari egalladi. Ushbu tadbir oʻquvchilarni bilimdonlikka, tezkor fikrlashga va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga undash maqsadida muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda.
