hashtag #Zakovat Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘z bilim …
15.09.2025 15 viewshashtag #Zakovat Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-kurs o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘z bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazib, zukkolik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. O‘yinda qatnashchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob berish orqali jamoaviy hamkorlik, analitik fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Savollar nafaqat darslik mavzularini qamrab oldi, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga, qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli I o‘rinni 102- guruh o‘quvchilari egalladi. Bu kabi bellashuvlar yoshlar bilimini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularning intellektual qiziqishi, musobaqaviy ruhini va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
