🠕

hashtag #ZAKOVAT Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 26-sentyabr kuni “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilar o‘…

27.09.2025 18 views

hashtag #ZAKOVAT Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 26-sentyabr kuni “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘z bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazib, zukkolik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. O‘yinda qatnashchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob berish orqali jamoaviy hamkorlik, analitik fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Savollar nafaqat darslik mavzularini qamrab oldi, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga, qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 🥇1-o‘rinni – 104-guruh o‘quvchilari egalladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0