🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan 103-guruh o‘quvchilari ishtirokida “To‘yingan bir atomli spirtlar” mavzusida…

02.03.2026 25 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan 103-guruh o‘quvchilari ishtirokida “To‘yingan bir atomli spirtlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlar asosida olib borildi hamda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib ishlash imkoniga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot davomida to‘yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari hamda qo‘llanilish sohalari tushunarli va ravishda yoritildi. O‘quvchilarning bilimini mustahkamlash maqsadida amaliy va mantiqiy topshiriqlar hamda test savollari berildi. Xususan, “SWOT” tahlili” hamda , FSMU metodlari asosida tashkil etilgan faoliyat o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish va nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0