IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining Nukus shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashr…
18.03.2026 18 viewsIIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining Nukus shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrifi tashkillashtirildi. Tashrifdan maqsad maktabda mavjud shart-sharoitlar bilan tanishish, astronomiya fanini o‘qitishda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy asbob uskunalar, dars davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish bo’lib, kelgusida bu muassasa bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda maktabda yaratilgan sharoitlardan mamnun holda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
