IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, kur…
06.12.2025 16 viewsIIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi, kursantlar uchun Ichki Ishlar Akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari to‘g‘risida targ‘ibot-tashqivot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Kadrlar bo‘limi bosh inspektori, podpolkovnik B.I.Axmedov va IIV Akademiyasi kafedra dotsenti, mayor E.M.Nishonovlar ishtirok etishdi. Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga kirishda dastlabki tanlov, maxsus-kasbiy tanlov, yakka tartibdagi suhbat va nomzodlar uchun beriladigan imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Uchrashuv yakunida harbiy-akademik litsey bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasi hayoti aks ettirilgan videofilm namoyish etildi.
