🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2026-yil 7-mart kuni “Kimyo fanida virtual laboratoriyalardan foydalanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati da…

10.03.2026 24 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2026-yil 7-mart kuni “Kimyo fanida virtual laboratoriyalardan foydalanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida tashrif buyurgan mutaxassis Anargúl Allamuratova tomonidan kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, xususan virtual laboratoriyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, virtual laboratoriyalar orqali kimyoviy tajribalarni xavfsiz va samarali tarzda namoyish etish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar oldilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0