IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida har bir oʻquv yilida taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalari monitoring qilininib, litsey ma’muriyati tomonidan at…
14.03.2026 21 viewsIIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida har bir oʻquv yilida taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalari monitoring qilininib, litsey ma’muriyati tomonidan atroflicha tahlil qilindi, chora-tadbirlar amalga oshirildi: — O‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishini inobatga olgan holda yangi IT toʻgaraklari (Robototexnika, Sun’iy intellekt, Kibersport, Dron) faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Unda dasturlash, komp’yuter savodxonligi va raqamli texnologiyalar boʻyicha mashg‘ulotlar olib boriladi. — Xalqaro va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotgan oʻquvchilarga maxsus jadval asosida qoʻshimcha dars soatlari ajratildi. — O‘quvchilar sog‘lom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fitnes zaldan foydalanish vaqti qat’iy jadval asosida belgilab berildi. Bu barcha oʻquvchilar uchun teng va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. Litsey ma’muriyati kelgusida ham oʻquvchilar fikri asosida faoliyatni takomillashtirishni davom ettiradi.
