IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida har bir oʻquv yilida taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalari monitoring qilininib, litsey ma`muriyati tomonidan atro…
04.03.2026 20 viewsIIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida har bir oʻquv yilida taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalari monitoring qilininib, litsey mamuriyati tomonidan atroflicha tahlil qilindi va quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: Sport zal va trenajyor zal faoliyati tartibga solindi. Maxsus jadval ishlab chiqilib, oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtida navbat asosida foydalanishi yoʻlga qoʻyildi. Bu orqali barcha oʻquvchilar uchun teng va xavfsiz sharoit yaratildi; Tushlikdan oldin 1 soatlik dam olish (uyqu) rejimi joriy etildi. Oquvchilarning sogligi, ruhiy barqarorligi va bilim oʻzlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida kun tartibiga tushlikdan oldin 1 soat dam olish vaqti kiritildi. 🤝Litsey mamuriyati kelgusida ham oʻquvchilar fikri asosida faoliyatni takomillashtirishni davom ettiradi.
