IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Ijtimoiy tarmoq: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida tarix fani o’qitu…
24.05.2025 19 viewsIIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Ijtimoiy tarmoq: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida tarix fani o’qituvchisi Baxadir Ajiniyazov tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanganligi hamda ularning ijobiy va salbiy tomonlari haqida suhbatlashildi. Axborot hurujlari va tahdidlar, jumladan , soxta ma’lumotlar, kiberhujumlar insonlar va jamiyatlarga qanday xavf tug’dirishi haqida aytib o’tildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi tahdidlarga qarshi kurashishning ahamiyati, axborotni tekshirish, tahlil qila olish va ongli foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Shularni inobatga olib internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga — meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarurligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi.
