🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini 2025-yilda tamomlab, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti 1-bosqich kursantlari Аnorbaev Ruslan Abduqodir o‘g‘li v…

05.02.2026 22 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini 2025-yilda tamomlab, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti 1-bosqich kursantlari Аnorbaev Ruslan Abduqodir o‘g‘li va Uzaqberganov Azizbek Sharapaddin o‘g‘li tashrif buyurib, litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi. Harbiy-kademik litseyining bitiruvchi 2-o‘quv kursi o‘quvchilariga Bojxona institutiga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi bo‘yicha, shuningdek, oliy bilim yurtidagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarga ushbu o‘quv yurtiga topshirish uchun tayyorlanishi zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash tartibi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi, Bojxona institutidagi amaliy mashg‘ulotlar qanday o‘tkazilishi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdilar. Suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy va foydali javoblar oldilar. Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0