🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini 2025-yilda tamomlab, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti 1-bosqich kursantlari Muxtorov Muhidd…

11.02.2026 23 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini 2025-yilda tamomlab, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti 1-bosqich kursantlari Muxtorov Muhiddin, Davlatboev Jasurbek hamda Xo‘jabaev Islombeklar tashrif buyurib, litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi. Harbiy-kademik litseyining bitiruvchi 2-o‘quv kursi o‘quvchilariga Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi bo‘yicha, shuningdek, oliy bilim yurtidagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarga ushbu o‘quv yurtiga topshirish uchun tayyorlanishi zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash tartibi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga amaliy mashg‘ulotlar qanday o‘tkazilishi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdilar. Suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar oldilar. Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0