IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari yana bir bor o‘z bilim va intilishlari bilan yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar! TARIX fanidan bo‘li…
08.05.2026 28 viewsIIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari yana bir bor o‘z bilim va intilishlari bilan yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar! TARIX fanidan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihonida jami 45 NAFAR O‘QUVCHImiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, SERTIFIKAT sohibiga aylanishdi. Bu yutuq o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va tinimsiz mehnati natijasidir. Ularning bilim olish jarayonida «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi tarix o‘qituvchilari katta hissa qo‘shib, o‘quvchilarga samarali ta’lim berdilar hamda imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berdilar. Sertifikat egalari kelajakda tarix fani bo‘yicha yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etish, oliy ta’lim muassasalariga muvaffaqiyatli tayyorlanish va o‘z bilimlarini rivojlantirish niyatida. O‘quvchilarni ushbu yutuqlari bilan qutlab, ularga ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!
