🠕

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining oʻquvchilari yozgi ta’tilda Qora dengiz boʻyida “Artek” xalqaro bolalar markazi (oromgohi)da dam olishi an’anaga aylanib ulgurg…

05.03.2026 22 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining oʻquvchilari yozgi ta’tilda Qora dengiz boʻyida “Artek” xalqaro bolalar markazi (oromgohi)da dam olishi an’anaga aylanib ulgurgan. Bu yilgi yozgi ta’tilida ham ushbu xalqaro bolalar markazida dam olishni istagan litsey o‘quvchilariga tanlov e’lon qilinadi! Tanlov shartiga ko‘ra: O‘quvchilar tabiatni muhofaza qilish qanchalik muhimligi, ekologik muammolarni hal qilish hamda atrof-muhitni himoya qilish yuzasidan taqdimotlar, video roliklar, rasm chizish hamda tabiiy materialdan buyumlar yasash kabi qobiliyatlarini namoyon qilishlari zarur boʻladi. Tanlov g‘oliblari “Bepul yo‘llanma” bilan taqdirlanadi. Bu yilgi tanlov g‘oliblari “Artek” xalqaro bolalar markazi (Rossiya) 8 smenada (2026 yil 15-16 iyuldan 04-05 avgustgacha) dam olib qaytadilar. Transport xarajatlari, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirish, majburiy tibbiy sug‘urta va boshqa xarajatlar ota-onalar tomonidan qoplanadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0