Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining …
08.05.2025 20 viewsIkkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevral kungi PQ 65-sonli qarorining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining jangavor tayyorgarligini oshirib borish maqsadida 2025-yil 6-may kuni Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Harbiylashtirilgan estafeta” hamda “Kamondan otish” sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, aniqlik va sport mahoratini namoyon etishdi. Tadbir yoshlarning harbiy-sport tayyorgarligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
