🠕

Joriy yilning 14-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34-yilligi munosabati…

15.01.2026 21 views

Joriy yilning 14-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va keng jamoatchilik shu bilan birga Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari ishtirok etdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etib, harbiy xizmatchilarni, faxriylar va butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan sohaga qaratilayotgan ulkan e’tibor alohida tilga olindi. Bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida bir qator soha fidoyilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Bayram tantanasi harbiy soha xodimlari va san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0