🠕

Joriy yilning 16-aprel kuni IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida rus madaniyatining yorqin bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maxsus mehmonlari: Qoraqalpog‘iston Respublika…

16.04.2026 16 views

Joriy yilning 16-aprel kuni IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida rus madaniyatining yorqin bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maxsus mehmonlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyat markazi raisi G.AZorkina, “Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchi” xalqaro loyihasi ishtirokchilari: A.V.Filippova, N.Sh.Zokirjonovna, V.J.Semyonovna, S.Z.Aytmuratovna Tadbir litseyning 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida intellektual viktorina shaklida o‘tkazilib, unda Nukus shahridagi bir qator umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan maxsus tayyorlangan savollarga javob berish orqali o‘zlarining chuqur bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar. O‘yin nafaqat bilimdonlikni sinash, balki madaniy tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Bunday tadbirlar yosh avlodda boshqa madaniyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, millatlararo totuvlik va mehr-oqibatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0