Joriy yilning 18-may kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyuri…
19.05.2025 18 viewsJoriy yilning 18-may kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohat milliy qadriyatlarimizni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida tashkil etildi. Safar davomida o‘quvchilar o‘lkamizning go’zal tabiatini, qoraqalpoq xalqining o’tmishdagi tarixi, etnografiyasi, madaniyati va Mustaqillik yutuqlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy san’at, tabiat, XX asrga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tasviriy san’ati rivojiga hissa qo‘shgan, shuningdek, Orolbo‘yida ijod qilgan rassomlarning tasviriy san’at asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar oldi. Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
