Joriy yilning 19-noyabr sanasida Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida chet tillari fan oyligi doirasida nemis tili fanidan «Intelektual Ring» viktorinasi boʻlib oʻtdi. Bellashuv …
20.11.2025 20 viewsJoriy yilning 19-noyabr sanasida Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida chet tillari fan oyligi doirasida nemis tili fanidan «Intelektual Ring» viktorinasi boʻlib oʻtdi. Bellashuv litseyning “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasining nemis tili fani oʻqituvchisi P.Kalikova boshchiligida olib borildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga fanga oid turli mavzularda savollar berilib, ishtirokchilar jamoaviy bilim qobiliyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga koʻra gʻoliblar ketma-ketligi quyidagicha: 🥇1-oʻrin 202-guruh 🥈2-oʻrin 201-guruh oʻquvchilari Bu kabi intellektual tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
