Joriy yilning 22-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari bilan saf ko’rigi o’tkazildi. Saf ko’rigida o’quvchilarning tashqi ko’rinishi, kiyim-boshni…
22.09.2025 17 viewsJoriy yilning 22-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari bilan saf ko’rigi o’tkazildi. Saf ko’rigida o’quvchilarning tashqi ko’rinishi, kiyim-boshni o’rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, toza-ozoda kiyinishlari, muntazam ravishda shaxsiy gigiena qoidalariga to’liq rioya etishlari tekshirildi. Bundan tashqari ularning saf tayyorgarligi darajasi alohida ko’rib o’tildi. Saf tayyorgarligida saf oldi majburiyatlarini bilishi, harbiycha salomlashish, boshliq oldiga borish, qaytish va boshqa saf elementlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
