Joriy yilning 23-may sanasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda 1 va 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida Fizika fanidan “Nyuton bilan sayohat” mavzusida viktorina boʻlib oʻ…
23.05.2025 21 viewsJoriy yilning 23-may sanasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda 1 va 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida Fizika fanidan “Nyuton bilan sayohat” mavzusida viktorina boʻlib oʻtdi. Bellashuv litseyning “Aniq fanlar” kafedrasining fizika fani oʻqituvchisi A.Kurbanova boshchiligida olib borildi. Viktorina davomida oʻquvchilarga mavzuga oid turli mavzularda savollar berilib, ishtirokchilar jamoaviy bilim qobiliyatlarini namoyon etdilar. O‘quvchilar bellashuvda katta qiziqish bilan faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahs munozaraga boy kechgan ushbu viktorinada 204-guruh oʻquvchilaridan iborat “Evrika” jamoasi gʻalaba qozondi. Bu kabi intellektual oʻyinlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
