Joriy yilning 25-oktabr kuni Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi I…
25.10.2025 18 viewsJoriy yilning 25-oktabr kuni Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Vatanimiz qalqonlari-Ichki ishlar xodimlari” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litsey direktori v.v.b podpolkovnik U.Kadirov ochib berib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan soʻng 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan litseyda faoliyat olib borayotgan soha xodimlari, bir qator a’lochi oʻquvchilar hamda oʻtkazilgan koʻrik tanlov va sport musobaqalari gʻoliblari munosib taqdirlandi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’r, kuy va qo‘shiqlar bayram qatnashchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
