🠕

Joriy yilning 28-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 101-guruh o‘quvchilari o‘rtasida “Kimyo kelajak texnologiyalarining kaliti” mavzusida “Zakovat” …

02.03.2026 26 views

Joriy yilning 28-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 101-guruh o‘quvchilari o‘rtasida “Kimyo kelajak texnologiyalarining kaliti” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual o‘yin davomida o‘quvchilar kimyo faniga oid qiziqarli va mantiqiy savollarga javob izlab, o‘z bilim hamda tafakkur doiralarini sinovdan o‘tkazishdi. Savollar asosan kimyo fanining nazariy va amaliy yo‘nalishlari, moddalarning tuzilishi va xossalari, kimyoviy qonuniyatlar hamda kimyo sanoati bilan bog‘liq. Qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan bellashuv yakuniy natijalariga ko‘ra: 1-o‘rin — III-guruh jamoasi 2-o‘rin — II va IV-guruh jamoasi 3-o‘rin — I-guruh jamoasi Mazkur tadbir o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0