Joriy yilning 28-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Nukus shahrining diqqatga sazovar hamd…
29.09.2025 16 viewsJoriy yilning 28-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Nukus shahrining diqqatga sazovar hamda ko‘ngil ochar maskanlariga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar “Yoshlar markazi”ga ham tashrif buyurib, u yerda mavjud adabiy kitoblar bilan yaqindan tanishdi hamda kitob yarmarkalaridan o‘zlariga zarur bo‘lgan o‘quv qurollarini oldilar. Shuningdek o‘quvchilar madaniy hordiq chiqarib, bir stol atrofida dildan suhbat qurishdi.
