🠕

Joriy yilning 28-yanvar kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi I bosqich o‘quvchilari Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutiga o‘quv jarayoni hamda mavjud…

29.01.2026 18 views

Joriy yilning 28-yanvar kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi I bosqich o‘quvchilari Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Institutiga o‘quv jarayoni hamda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Litsey o‘quvchilariga OTM da mavjud yo‘nalishlar, o‘quv dasturlari, zamonaviy dars xonalari, laboratoriyalaridagi zamonaviy asbob uskunalar hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrifdan maqsad o‘quvchilarning dars davomida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, kelgusida bu muassasa bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi. 🤝 Tadbir samimiy suhbatlar, savol-javoblar va qiziqarli taqdimotlar bilan davom etdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0