🠕

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridika fanlari bo‘yicha falsaf…

30.10.2025 16 views

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, polkovnik R.A.Xatamov tashrif buyurdi. Dastlab kelgan mehmon litseyda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, litsey o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etilib, unda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayoni hamda Akademiyada yangi ochilgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi haqida ham batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv yakunida harbiy-akademik litseyda yosh avlodga bilim berishda qo‘shgan munosib hissasi hamda namunali xulqi va yuqori bilimi uchun bir qator ustoz va o‘quvchilar taqdirlandi. Bu kabi uchrashuvlar o‘quvchilarni harbiy kasbga qiziqtirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0