🠕

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025/2026-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil e…

03.09.2025 26 views

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025/2026-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir davomida ota-onalarga o‘quvchilarning litseydagi ta’lim-tarbiya jarayoniga oid asosiy masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Jumladan: Ta’lim jarayoni — litseyda o‘quvchilarga yaratiladigan sharoitlar, ta’limning mazmun-mohiyati, dars mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlari; tartib-intizom va ichki qoidalar — o‘quvchilarning akademik litseyda qat’iy kun tartibiga amal qilishi, intizomiy qoidalarga rioya etishi masalalari; umumta’lim fanlari va xorijiy tillar — o‘quvchilarning milliy va xalqaro sertifikatlar olish imkoniyatlari, buning uchun zaruriy tayyorgarlik ishlari hamda ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalari tushuntirildi. Shundan so‘ng, ota-onalarga Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yaratilgan shart-sharoitlari yaqindan tanishtirildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0