Joriy yilning 30-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ich…
30.10.2025 18 viewsJoriy yilning 30-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va keng jamoatchilik shu bilan birga Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyining bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbaev ochib berib, tizimning barcha fidoyilarini kasb bayramlari bilan samimiy qutladi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbaev tomonidan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari munosib xizmatlari uchun taqdirlandilar. Shular qatorida Nukus «Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi Abdugafforov Shamshodbek “Umid uchquni” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda san’atkorlarning kuy va qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
