Joriy yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida hamda Adabiyot fan oyligi doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik l…
30.01.2026 17 viewsJoriy yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida hamda Adabiyot fan oyligi doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh 1-kurs oʻquvchilari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyati markaziga sayohat uyushtirildi. Ekskursiya davomida oʻquvchilar rus madaniyati markazining kutubxona fondi, rus xalqining an’analari, yashash tarzi, xalq og‘zaki ijodi bilan tanishdilar, rus shoirlarining she’rlaridan namunalar o‘qidilar, viktorina savollariga javob berib, har bir to‘g‘ri javob uchun sovg‘alar oldilar. Uchrashuv so‘ngida rus madaniyati markazi raisi Galina Aleksandrovna Zorkina oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ularni vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, umumiy uyimiz – O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo‘lida hamkorlik qilishga undadi.
