Joriy yilning 5-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadb…
05.12.2025 14 viewsJoriy yilning 5-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati X.Eshimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi polkovnik O.Turdakov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sudining sudyasi N.Baltabaeva hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari S.Asanov taklif etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan mehmonlar Konstitutsiyamizning mustaqil davlatimiz rivoji va inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rnini alohida e’tirof etdilar. Tadbir yakunida 24-noyabr-3-dekabr kunlari oraligʻida boʻlib oʻtgan asosiy fan olimpiadasining III Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli oʻrinni egallagan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga, Konstitutsiyaga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.
