Joriy yilning 5-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2-kurs o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qitu…
05.02.2026 19 viewsJoriy yilning 5-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2-kurs o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi, adliya kichik maslahatchisi Alisher Izbasarovich Esemuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi 16-bo’lim prokurori Xodjaniyazov Aziz Paraxatovichlar ishtirokida Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul tartibi, kirish imtixonlari, shuningdek, oliy bilim yurtidagi yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda kursantlar hayoti va kelgusidagi xizmat faoliyati imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar. Ushbu targ‘ibot tadbiri yoshlarning huquqni muhofaza qilish sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
