Joriy yilning 5-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan litseyda faoliyat yuritayotgan ayol xodim…
05.03.2026 21 viewsJoriy yilning 5-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan litseyda faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar o‘rtasida «Zakovat Quiz» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbir litsey jamoasida bilim, tafakkur va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 🧠 Tadbir davomida xodimalar mantiqiy savollar, tezkor topshiriqlar va murakkab vazifalar orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin jarayoni raqobatbardosh ruhda kechib, ishtirokchilar o‘z bilim va malakalarini faol namoyish etdilar. Shiddatli va bahs-munozaraga boy kechgan ushbu bellashuvda quyidagi jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 🥇o’rin – Renessans jamoasi Ushbu intellektual o‘yin ayol xodimalarni o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishga undadi va ularni yanada faol, izlanishga tayyor hamda bilimga chanqoq bo‘lishga rag‘batlantirdi.
