Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning 97 yilligi munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik lit…
05.05.2026 20 viewsJoriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning 97 yilligi munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining Chimboy tumanidagi shoirning uy muzeyiga tashrifi tashkillashtirildi. Dastlab o‘quvchilar Qoraqalpoq klassik shoirlari bo‘lgan Berdaq G‘arg‘abay uli hamda Kunxo‘ja Ibrayim ulining maqbarasini ziyorat qilishdi. Shundan so‘ng, shoir Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi, uning adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, asarlar to‘plami va fotosuratlari haqida qimmatli ma’lumotlar oldi. Bu kabi sayohatlar yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga, uning namoyandalariga bo‘lgan hurmat va qiziqishini uyg‘otish, adabiy-estetik didni shakllantirishda muhim xizmat qiladi.
