🠕

Joriy yilning 8-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “9-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi” munosaba…

08.04.2026 17 views

Joriy yilning 8-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “9-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi U.A. Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.M. Ibragimov, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Q. Babanazarov hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bosh qonunimiz — Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning xalq manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mustahkam huquqiy asosi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolati ekani alohida ta’kidlandi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0