🠕

Litseyimizning bir guruh faol va iqtidorli o‘quvchilari Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi radio va sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushb…

17.05.2025 19 views

Litseyimizning bir guruh faol va iqtidorli o‘quvchilari Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi radio va sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tashrif ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar radiostansiya studiyasi, texnik jihozlar, efirga uzatish jarayoni bilan yaqindan tanishib, ushbu radio to‘garagi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, litsey o‘quvchilariga jonli efirda chiqish va o‘z fikrlarini keng ommaga yetkazish imkoniyati yaratilib, ulardan ingliz tilida intervyu olindi. Bu esa ularning nutq madaniyati, sahna oldida o‘zini tutish, hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tashrif yakunida o‘quvchilar o‘rtasida voleybol o‘yini tashkil etildi. Bunday sport o‘yinlari o‘quvchilarni sog‘lom hayotga, do‘stlik va birdamlik ruhida tarbiyalashda xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0