🠕

“Máńgi bulaqlar” – adabiyotga ehtirom kechasi Joriy yilning 6-may kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yuksak ma’naviy muhitda “Máńgi bulaqlar” nomli a…

06.05.2026 23 views

“Máńgi bulaqlar” – adabiyotga ehtirom kechasi Joriy yilning 6-may kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yuksak ma’naviy muhitda “Máńgi bulaqlar” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati, she’riyatimizning yorqin siymosi Ibrayim Yusupov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, qoraqalpoq nasrining ulkan namoyandasi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 97 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Adabiy kecha davomida ustoz adiblarning hayoti va ijodiga oid chiqishlar, ularning asarlaridan parchalar, she’rlar va video lavhalar namoyish etildi. Yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0