🠕

“Mening madhiyam” mavzusida insholar tanlovi. Joriy yilning 10-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madh…

10.12.2025 13 views

“Mening madhiyam” mavzusida insholar tanlovi. Joriy yilning 10-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan insholar tanlovi tashkil etildi. ️ Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov davomida o‘quvchilar mamlakatimiz Madhiyasining ahamiyati, undagi mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular haqida o‘z bilimlarini badiiy, mantiqiy va ijodiy tarzda ifodalab berishdi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0