🠕

Muzeylar — jonli tariximiz koʻzgusi! Bugun, 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida davra suhbati boʻlib oʻtdi. “Muzey…

18.05.2026 23 views

Muzeylar — jonli tariximiz koʻzgusi! Bugun, 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida davra suhbati boʻlib oʻtdi. “Muzeylar — jonli tariximiz koʻzgusi” mavzusidagi ushbu uchrashuvda Tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent A.Alimbetov oʻquvchilar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida muzeylar shunchaki qadimiy va koʻhna buyumlar saqlanadigan oddiy maskan emasligi, balki insoniyat oʻtmishi, boy madaniyati, yuksak ilmiy yutuqlari va maʼnaviy qadriyatlarini oʻzida jamlagan haqiqiy tirik tarix ekanligi alohida taʼkidlandi. Har bir eksponat ortida millatning oʻzligi va ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasi yotishi uchrashuvda keng yoritib berildi. Tadbir oʻquvchilarda milliy qadriyatlarimiz va tariximizga boʻlgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0