Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari “9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi” bayr…
10.05.2025 20 viewsNukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari “9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi” bayrami munosabati bilan Nukus shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodigorligi va “Motamsaro ona” monumenti poyiga gul qo‘yib, yurt tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etdilar. Mazkur tadbir o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, tarixiy xotirani asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.
